1. Hujjat maqsadi

Ushbu hujjat Tijaro mahsulotining biznes modeli va foydalanuvchi tajribasini oddiy tilda tushuntiradi.

Tijaro umumiy marketplace emas. Tijaro har bir biznesga o‘zining mustaqil onlayn do‘konini yaratish va boshqarish imkonini beradi.

Asosiy natija:

Biznes ro‘yxatdan o‘tadi, biznes akkauntini yaratadi, o‘ziga xos subdomain tanlaydi va mustaqil onlayn do‘koni internetda ishga tushadi.

2. Tijaro nima?

Tijaro O‘zbekiston bozori uchun Shopify-style commerce platforma.

Biznes Tijaro orqali:

  • akkaunt ochadi;
  • biznes profilini yaratadi;
  • do‘kon nomi va subdomain tanlaydi;
  • mahsulot yoki xizmatlarini joylaydi;
  • storefront ko‘rinishini sozlaydi;
  • do‘konni e’lon qiladi;
  • buyurtma va mijozlarni boshqaradi;
  • mahalliy to‘lovlarni qabul qiladi;
  • yetkazib berishni tashkil qiladi;
  • Telegram va boshqa savdo kanallarini ulaydi;
  • savdo natijalarini ko‘radi.

Har bir biznesning do‘koni mustaqil ishlaydi.

Misollar:

  • atlas.tijaro.uz
  • baraka-market.tijaro.uz
  • oshmarkazi.tijaro.uz

Bu do‘konlar bitta Tijaro marketplace sahifasining ichidagi sotuvchi profili emas. Har biri alohida brend, katalog, mijoz bazasi, buyurtmalar va storefront’ga ega.

3. Asosiy ishlash modeli

3.1. Tijaro merchant-first mahsulot

Mahsulotning asosiy mijozi xaridor emas, biznes.

Tijaroning asosiy vazifasi biznesga mustaqil internet savdosini yo‘lga qo‘yish uchun kerakli vositalarni berish.

3.2. Har bir biznes mustaqil

Har bir biznes uchun alohida saqlanadi:

  • biznes ma’lumoti;
  • storefront;
  • subdomain;
  • mahsulotlar;
  • kategoriyalar;
  • ombor;
  • mijozlar;
  • buyurtmalar;
  • to‘lovlar;
  • xodimlar;
  • marketing sozlamalari;
  • analitika.

Bir biznes boshqa biznesning yopiq ma’lumotini ko‘ra olmaydi.

3.3. Bitta foydalanuvchi va bir nechta biznes

Birinchi ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchi bitta biznes yaratadi.

Keyinchalik bir foydalanuvchi ruxsati bo‘lsa bir nechta mustaqil biznesni boshqarishi mumkin. Har bir biznesning alohida subdomain, katalog va buyurtmalari bo‘ladi.

3.4. Tijaro brendi va biznes brendi

Dashboard Tijaro mahsuloti sifatida ko‘rinadi.

Xaridor ko‘radigan storefront esa biznesning o‘z brendi sifatida ko‘rinadi. Unda biznes nomi, logo, rang, rasm va kontent asosiy o‘rinda turadi.

Tijaro belgisi storefront footer’ida kichik Tijaro’da ishlaydi yozuvi sifatida ko‘rsatilishi mumkin. Tarifga qarab bu yozuvni olib tashlash imkoniyati berilishi mumkin.

4. Biznes ro‘yxatdan o‘tishi

4.1. Akkaunt ochish

Biznes vakili:

  1. Tijaro signup sahifasiga kiradi;
  2. telefon raqamini kiritadi;
  3. tasdiqlash kodini kiritadi;
  4. ism va familiyasini yozadi;
  5. yangi biznes yaratishga o‘tadi.

Email birinchi bosqichda ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Muhim tizim va billing xabarlari uchun keyinroq qo‘shiladi.

4.2. Mavjud akkaunt bilan kirish

Foydalanuvchi qayta kirganda ro‘yxatdan o‘tish jarayonidan yana o‘tmaydi.

U oxirgi ishlagan biznes dashboard’iga kiradi. Bir nechta biznesi bo‘lsa, bizneslar orasida xavfsiz o‘ta oladi.

4.3. Signup sahifasi qanday ko‘rinadi?

Signup sahifasi qisqa va ishonchli bo‘ladi:

  • Tijaro logosi;
  • Onlayn do‘koningizni ishga tushiring sarlavhasi;
  • telefon raqami maydoni;
  • davom etish tugmasi;
  • foydalanish shartlari va maxfiylik havolalari;
  • yordam havolasi.

Bir ekranda keraksiz marketing bannerlari, pricing kartalari yoki uzun form bo‘lmaydi.

5. Biznes akkauntini yaratish

5.1. Asosiy ma’lumot

Foydalanuvchi quyidagilarni kiritadi:

  • biznes nomi;
  • biznes turi;
  • mamlakat;
  • viloyat va tuman;
  • asosiy telefon;
  • asosiy til;
  • valyuta;
  • biznes manzili;
  • logo, agar tayyor bo‘lsa.

Logo keyinroq qo‘shilishi mumkin. Logo yo‘qligi biznes yaratishga to‘sqinlik qilmaydi.

5.2. Biznes turi

Biznes turi dashboard va storefront’ni moslashtirish uchun ishlatiladi.

Boshlang‘ich turlar:

  • chakana savdo;
  • supermarket;
  • restoran yoki oziq-ovqat;
  • xizmat ko‘rsatish;
  • boshqa.

Restoranda Menu, chakana savdoda Mahsulotlar, xizmat biznesida Xizmatlar atamasi ishlatiladi.

5.3. Birinchi filial

Biznes yaratishda kamida bitta asosiy filial yaratiladi.

Filialda:

  • nom;
  • manzil;
  • telefon;
  • ish vaqti;
  • olib ketish imkoniyati;
  • yetkazib berish imkoniyati bo‘ladi.

5.4. Onboarding progressi

Biznes dashboard’ga kirganda do‘konni ishga tushirish qadamlari ko‘rsatiladi:

  1. biznes ma’lumotini yakunlash;
  2. subdomain tanlash;
  3. birinchi mahsulot yoki xizmatni qo‘shish;
  4. to‘lov usulini sozlash;
  5. yetkazib berish usulini sozlash;
  6. storefront ko‘rinishini tekshirish;
  7. test buyurtma berish;
  8. do‘konni e’lon qilish.

6. Subdomain va do‘konni e’lon qilish

6.1. Subdomain tanlash

Biznes o‘z do‘koni uchun unikal nom tanlaydi.

Misol:

Biznes nomi: Baraka Market
Subdomain: baraka-market
Do‘kon manzili: https://baraka-market.tijaro.uz

Subdomain:

  • boshqa biznes tomonidan band qilinmagan bo‘lishi kerak;
  • lotin harflari, raqam va chiziqdan foydalanadi;
  • bo‘sh joy ishlatmaydi;
  • haqoratli yoki himoyalangan nom bo‘lmasligi kerak;
  • Tijaro tizimiga tegishli maxsus nomlardan foydalanmaydi.

Band nom kiritilsa, tizim yaqin bo‘sh variantlarni taklif qiladi.

6.2. Subdomain holatlari

Subdomain quyidagi holatlardan o‘tadi:

  1. tekshirilmoqda;
  2. biznes uchun band qilindi;
  3. storefront tayyorlanmoqda;
  4. ishlashga tayyor;
  5. e’lon qilingan.

Subdomain band qilinganidan keyin boshqa biznes uni ola olmaydi.

6.3. Storefront holatlari

Do‘kon quyidagi holatlarda bo‘lishi mumkin:

  • Draft: faqat biznes jamoasi ko‘radi;
  • Preview: maxsus preview havolasi orqali tekshiriladi;
  • Published: xaridorlar subdomain orqali ko‘ra oladi;
  • Paused: vaqtincha buyurtma qabul qilmaydi;
  • Suspended: Tijaro tomonidan sabab bilan cheklangan.

6.4. E’lon qilishdan oldingi tekshiruv

Do‘konni e’lon qilishdan oldin tizim tekshiradi:

  • biznes nomi mavjud;
  • subdomain tayyor;
  • kamida bitta sotuvdagi mahsulot yoki xizmat bor;
  • narx kiritilgan;
  • aloqa ma’lumoti mavjud;
  • checkout usuli mavjud;
  • kamida bitta to‘lov usuli mavjud;
  • olib ketish yoki yetkazishdan kamida bittasi sozlangan.

Muammo bo‘lsa, faqat E’lon qilib bo‘lmadi deyilmaydi. Qaysi qadamni tuzatish kerakligi ko‘rsatiladi.

6.5. Custom domain

Keyingi bosqichda biznes o‘z domenini ulashi mumkin:

  • shop.baraka.uz
  • atlas.uz

Custom domain ulanganda ham default Tijaro subdomain xavfsiz manzil sifatida saqlanishi mumkin.