23. Muhim ekran holatlari
23.1. Yuklanmoqda
Foydalanuvchi jarayon ishlayotganini tushunadi. Oldingi ma’lumot birdan yo‘qolib qolmaydi.
23.2. Ma’lumot yo‘q
Sabab va keyingi action beriladi.
Misollar:
Birinchi mahsulotni qo‘shing;To‘lov usulini sozlang;Do‘koningiz hali e’lon qilinmagan;Filterlarni tozalang.
23.3. Xatolik
Foydalanuvchi:
- nima ishlamaganini;
- kiritgan ma’lumoti saqlangan yoki saqlanmaganini;
- muammoni qanday hal qilishni ko‘radi.
23.4. Ruxsat yo‘q
Kerakli rol yoki biznes egasiga murojaat qilish ko‘rsatiladi.
23.5. Internet yo‘q
Oxirgi yangilangan vaqt ko‘rsatiladi. Buyurtma, to‘lov yoki qoldiq amali soxta muvaffaqiyat bilan tasdiqlanmaydi.
23.6. Storefront topilmadi
Noto‘g‘ri subdomain yoki o‘chirilgan do‘kon uchun oddiy, brendli xato sahifasi ko‘rsatiladi.
23.7. Storefront vaqtincha yopiq
Xaridor biznes ma’lumoti, qayta ochilish vaqti va bog‘lanish usulini ko‘radi. Buyurtma action’i o‘chiriladi.
24. Birinchi bosqich, MVP
MVP quyidagilarni qamrab oladi:
- telefon orqali signup va login;
- biznes akkaunti yaratish;
- unikal subdomain tanlash;
- bitta biznes va bitta filial;
- mahsulot, kategoriya, variant va narx;
- oddiy ombor;
- sifatli default storefront theme;
- storefront preview va publish;
- mustaqil katalog, mahsulot sahifasi va qidiruv;
- savat va checkout;
- naqd va bitta mahalliy elektron to‘lov;
- olib ketish va biznesning o‘z yetkazishi;
- buyurtmalarni boshqarish;
- oddiy mijozlar bazasi;
- promokod;
- asosiy analitika;
- xodim va ruxsatlar;
- tarif va obuna;
- minimal Tijaro admin paneli.
25. Hozirgi qamrovga kirmaydi
Quyidagilar hozirgi product scope’ga kirmaydi:
- umumiy Tijaro marketplace;
- barcha bizneslarni bitta katalogda ko‘rsatish;
- yaqin do‘konlar xaritasi;
- bir nechta biznes mahsulotini bitta savatga qo‘shish;
- marketplace bannerlari;
- Tijaro ichidagi umumiy xaridor feed’i;
- blogger marketplace tarmog‘i;
- platforma bo‘yicha umumiy loyalty ball;
- murakkab nasiya ekotizimi;
- to‘liq erkin drag-and-drop page builder;
- murakkab enterprise ombor tizimi.
Bu imkoniyatlar kelajakda alohida mahsulot qarori bilan ko‘rib chiqilishi mumkin. Ular hozirgi Tijaro TZ’sining asosiy qismi emas.
26. Mahsulot qabul mezonlari
MVP quyidagi jarayonni boshidan oxirigacha bajara olsa, asosiy mahsulot ishlaydi deb hisoblanadi:
- foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tadi;
- biznes akkauntini yaratadi;
- bo‘sh subdomain tanlaydi;
business.tijaro.uzmanzili tayyor bo‘ladi;- birinchi mahsulotini qo‘shadi;
- storefront preview’ni ko‘radi;
- to‘lov va yetkazishni sozlaydi;
- do‘konni e’lon qiladi;
- xaridor subdomain’ni ochadi;
- mahsulotni ko‘radi;
- savatga qo‘shadi;
- checkout’dan o‘tadi;
- buyurtma beradi;
- biznes dashboard’da yangi buyurtmani ko‘radi;
- biznes buyurtmani tasdiqlaydi;
- xaridor buyurtma holatini ko‘radi;
- buyurtma yakunlanadi;
- qoldiq va savdo statistikasi yangilanadi.